Tashkent city sayilgohi sotuvga qo‘yildi

Sayilgoh Master plan tanlovida g‘olib chiqqan xaridorga sotiladi

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi Ma’muriy kengashining tegishli qarori bilan “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘i baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun xaridor obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilandi.

“Master plan”dagi obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha taklif etiladigan tartib va talablar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek obyektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.

Takliflar 2021-yil 25-oktyabr soat 17:00gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.

“Master plan” bo‘yicha ishlar professional tashkilot vakillari bilan o‘zaro hamkorlikda, zarur bo‘lganda obyektga tashrif buyurgan holda amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, "Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi” DUK balansidagi mazkur istirohat bog‘i 23,4679 gektar hududni egallagan.

Avvalroq Tashkent City hududiga kirish bepul bo‘lganini ma’lum qilingan edi.