Tashkent City’ga kirish bepul bo‘ldi

Tashkent City direksiyasi bugun, 14-oktyabrdan sayilgoh hududidag kirish bepul bo‘lganini ma’lum qildi.
“Avtotransport vositalari kirishi bundan mustasno”, – deyiladi bog‘ ma’muriyati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City sayilgohiga kirish 2020-yil 17-dekabrdan boshlab pulli bo‘lgan va bu tartib keyinroq 2021-yilning 31-martigacha amalda bo‘lishi aytilgan edi.






