"TBC Bank" va "Briht Uzbekistan": "Biz - ochiqlik va qulaylik uchunmiz"

"TBC Bank" va "Briht Uzbekistan": "Biz - ochiqlik va qulaylik uchunmiz"

Samarali hamkorlikka bag'ishlangan navbatdagi uchrashuv "TBC Bank" boshqaruvi raisining o'rinbosari Sitora To'laganova va "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi rahbari boshchiligidagi jamoasi o'rtasida bo'lib o'tdi.

"TBC Bank" – Kavkaz mintaqasidagi eng yirik banklardan biri bo’lib, barcha asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha Gruziyada yetakchi hisoblanadi. Xususan, bank aktivlar, kreditlar va depozitlar bo'yicha hudud bozorini boshqaradi. Bundan tashqari, bank "TBC Bank PLC" xalqaro bank guruhining bir qismi bo'lib, uning aksiyalari London fond birjasida namoyish etiladi. 

TBC Bank jismoniy shaxslar va MKO’K segmentlari uchun bank xizmatlarini taklif etadi. U 2020-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan bank litsenziyasini oldi va 2020-yil iyun oyidan boshlab "O'zbekistonda birinchi raqamli bank" sifatida ish boshladi. 
Jismoniy shaxslar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun bank mahsulotlarining mavjudligi va sifati bankning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlarning aksariyatidan internet orqali masofadan turib foydalanish mumkin. Bundan tashqari, konsultantlar ishtirokida bank xizmatlarini olishni istagan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank xizmat ko'rsatish va sotish bo’limlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Qiziqarli va do'stona ruhda o'tgan uchrashuvda hamkorlikning yangi bosqichlari va kelajak uchun o'zaro manfaatli rejalar muhokama qilindi.