TBC bankning O'zbekistondagi 1 yillik faoliyati davomida erishgan yutuqlari

6 dekabr, Hampton mehmonxonasida TBC bank rahbariyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot-branchi bo'lib o'tdi.

Tadbirda "TiBiSi bank" ATB boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili va "TiBiSi bank" ATB kuzatuv kengashi raisi Nikoloz Kurdiyani so'zga chiqdilar.

Ma'ruzachilar bank maqsadlari va yil davomida erishilgan yutuqlar haqida suhbat olib bordilar. Nima uchun O'zbekiston degan savolga, bank vakillari O'zbekistonda raqamli xizmatlar sohasida katta salohiyat va jadal o'sish borligi bilan javob berishdi.

Bundan tashqari, bank rahbariyati bir qator korporativ ijtimoiy mas'uliyatli loyihalar haqida so'zlab berdilar, unda bank jamoasi tomonidan o'tgan davr mobaynida katta mehnat qilingani va erishilgan natijalar haqida so'z bordi.

TBC ilovasini 1,3 milliondan ortiq foydalanuvchi tomondan yuklab olganligi qayd etildi, ulardan 1 milliono esa ro'yxatdan o'tgan xabar berildi. Bunday yuqori ko'rsatkich, aholi yangi onlayn bank bilan qiziqayotgani va ishonch bildirayotgani demakdir.

TBC bank onlayn bank bo'lishiga qaramasdan, O'zbekistonning 8 shahrida 10 ta shou-rum ochdi va bu yerda mehmonlar, agar xohlasalar, bank xizmatlari haqida ma'lumot va ko'rsatmalar olishlari mumkin.