TDT mintaqasida transport sohasidagi salmoqli hujjatlar

Turkiy Davlatlar Tashkiloti Transport Vazirlarining 6-yigʼilishi doirasida, “Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar oʼrtasida xalqaro aralash yuk tashish toʼgʼrisidagi” Bitim va “Transport sohasida oʼzaro bogʼliqlik Dasturi” kelishildi.

Mazkur hujjatlar Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar o'rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tomonlar o’rtasida yuk tashuvlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda tranzit va transportni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelishilgan hujjatlar TDTning Samarqand sammiti doirasida imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, uchrashuv yakunlari bo’yicha TDT Transport Vazirlari o’rtasida kommunike imzolandi.

Bundan tashqari yig’ilishda Qozog’istonnig Kurik va Аktau portlari hamda “O’ztemiryo’lkonteyner” o’rtasida hamkorlik Memorandumlari imzolandi.