TDT temir yoʼl maʼmuriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvi

Bugun, 27-oktabr kuni "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkiloti temir yoʼl maʼmuriyati rahbarlarining birinchi uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvni kirish so'zi bilan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bag'dod Amreyev ochib berib, o'z nutqida TDT a'zo davlatlar o'rtasida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, kelishuvlar, hamkorlik aloqalari va kelgusi rejalar haqida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek yig'ilishda O'zbekiston Transport vaziri o'rinbosari, Turkiya, Qirg'iziston, Qozog'iston va Ozarbayjon temir yo'l ma'muriyati rahbarlari va mas'ul vakillar ishtirok etdilar.

Yig'ilishda, transport sohasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarining ahamiyati, tashkilotga aʼzo davlatlar o'rtasida xalqaro yuk tashuv jarayonlarini yanada rivojlantirish, mintaqada tranzit salohiyatni oshirish hamda muqobil transport yoʼnalishlarini rivojlantirish bilan bogʼliq masalalar muhokama qilindi.