TDTning Samarqand sammitiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Bag'dod Amreyevni qabul qildi.
Uchrashuvda, joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdagi sammiti o'tkazilishi munosabati bilan, mazkur siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilinib, sammit kun tartibidan o'rin olgan rejalar va uning doirasida o'tkazilishi ko'zda tutilgan tadbirlar yuzasidan fikr almashinildi.
Ta'kidlash joizki tadbirning aynan Samarqandda oʼtkazilishi ham ramziy maʼno kasb etadi.
Turkiy kengash nomi Turkiy Davlatlar Tashkiloti nomiga o'zgartirilganidan so'ng, mazkur tashkilot sammiti ilk bor aynan Samarqandda o'tkazilishi Samarqand shahri Turkiy dunyo sivilizatsiyasining markazlaridan biri sifatida e'tirof etilishi bilan bog'liqdir.






