Telefon so'zlashuvini eshitish prokurordan sudga o'tadi

Shavkat Mirziyoyev: «Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazamiz.»

«Endi, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish bo‘yicha ozmuncha harakat qilayapmiz-mi?

Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi» - deya ta'kidladi prezident.