Termez shahrida O'zbek-Afg'on ishbilarmonlar doirsi vakillari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Аyni vaqtda "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi jamoasi Oʼzbekiston-Аfgʼoniston ishbilarmonlari biznes-forumida bo'lib turibdi. Bu yerda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʼrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi Oʼzbekiston delegatsiyasi hamda Аfgʼoniston Islom Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi rahbari Moxammad Shakir Kargara boshchiligidagi afgʼon delegatsiyasi, tegishli mutasaddi idoralar va 100ga yaqin biznes doiralar vakillari ishtirok etmoqda.

Kirish soʼzi bilan tadbirni ochgan Bosh vazir oʼrinbosari S.Umurzakov Oʼzbek-Аfgʼon doʼstona aloqalarini yangi bosqichga koʼtarish, ikki xalq oʼrtasida birodarlik munosabatlarini mustahkamlash muhim masalalardan biri ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, u oxirgi yillarda ikki davlat oʼrtasidagi savdo aylanmasi 1 mln 700 ming dollarni tashkil etgani, kelgusi yillarda bu koʼrsatgichni 2 milliard dollarga yetkazish, bu borada savdo balansini yo'lga qoʼyish ulkan maqsadligini aytib oʼtdi.

Tadbirda ikki davlat oʼrtasida oʼta muhim boʼlgan 2 ulkan loyiha ustida ham soʼz bordi. Xususan, Trans-Аfgʼon koridori hamda Surxon elektr liniya loyihalari ikki davlat iqtisodiyotiga katta foyda keltirishi taʼkidlandi.

Shuningdek, Surxon EIZ (erkin iktisodiy zonasi)da oʼz biznesini tashkil etish istagida boʼlgan afgʼonistonlik biznes vakillariga Oʼzbekistonga kirish vizasi talab etilmasligi alohida aytib oʼtildi.

Oʼz navbatida Moxammad Shakir Kargara oʼzining kirish soʼzida, ikki tomon ishbilarmonlarini bu yuksak darajadagi tadbir bilan qutlar ekan, ushbu tadbirning davomini nafaqat Surxandaryoda, balki keyingi bosqichini Mozori-Sharifda oʼtkazishni taklif etdi.

Shuningdek, Oʼzbekiston SSP raisi Аdxam Ikramov tomonidan, ikki davlat oʼrtasida Sanoat kooperatsiyasini tashkil etish taklifi yangradi.

Eslatib oʼtamiz, tadbirning ikkinchi qismi B2B va G2B formatida davom etmoqda.