«Termiz» xalqaro aeroporti qayta ishga tushdi

Bugun, 26-dekabr kuni “Termiz” xalqaro aeroporti 55 kunlik rekonstruktsiyadan soʼng yana ishga tushirildi, soat 08:15 da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent — Termiz yoʼnalishi boʼyicha HY-65 reysi bortida 146 nafar yoʼlovchi bilan “Termiz” xalqaro aeroportiga qoʼndi.

Ushbu aeroportni qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr boʼlgan yangi uchish-qoʼnish yoʼlagi, yurish yoʼlaklari va uchta samolyot toʼxtash joyi uchun perronni oʼz ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda 377 milliard soʼmlik ishlar bajarilgan yangi aerodrom majmuasining qurish loyihasi 550 milliard soʼmga baholanmoqda. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yoʼlagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.