Tesla bosh direktorining buzilgan va'dalari

Tadbirkor arzon elektromobillar va qudratli elektr yuk mashinalari, avtomatlashtirilgan taksilar tarmog'i va arzon katta hajmli batareyalarni va'da qildi.
Bajarilmagan va'dalar ro'yxati:
1)Tesla bosh direktori 35 ming dollarga elektromobilni va'da qilgan edi.
Mazkur elektromobil soliqlar undirilgandan keyin 40 ming dollar turadi va barcha qo'shimcha to'lovlarni hisobga olgan holda uning narxi 50 ming dollarga yaqinlashadi.
2) 2017-yil noyabr oyida Elon Mask Tesla Semi elektr yuk mashinasini taqdim etdi. Tadbirkorning aytishicha, Tesla Semi 2019-yil oxirida sotuvga qo'yilishi kerak edi, ammo kompaniya hali sotuvlar boshlanishining aniq sanasini e'lon qilmagan.
3) 2019-yilning kuzida Mask 2020-yil oxirigacha milliondan ortiq odamlar Tesla robotaksisiga ega bo'lishiga va'da berdi. Biroq, hozircha bu g'oya amaliyotga tatbiq etilmagan.
4) Elon Maskning kompaniyasi 1 GVt quvvatga quyosh panellarini ishlab chiqarishi kerak edi. Biroq, 2020-yilda Tesla to'rt baravar kam quyosh batareyalarini yetkazib berganligi ma'lum bo'ldi.
Bularning barchasiga Tesla bosh direktori quyidagicha izoh berdi: "Agar men muvaffaqiyatga erishishiga amin bo'lmaganimda, elektr transport vositalari yoki raketalar ishlab chiqarishni boshlamagan bo'lardim"






