Tezlikni 60 km/soatga kamaytirish haqidagi qonun bugundan kuchga kirdi

2023-yil 1-apreldan Toshkent, Nukus shaharlarida, shuningdek, viloyatlar va tuman markazlarida maksimal tezlik 60 km/soatga pasaytirildi. Bu Prezidentning 2023-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan.

Bugundan boshlab ushbu hududlarda haydovchilar tezlikni soatiga 60 km dan oshirmasligi kerak.

Agar tezlik 20 km/soatgacha oshirilsa, haydovchilar bir BHM (330 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.