Tezlikni 70 km/s dan 60 km/s ga tushirish yo‘l harakati qoidalariga kiritildi

2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi.

Bu haqda Hukumat qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 78-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi”.