«The Best» mukofotining navbatdagi sovrindorlari qachon aniqlanadi?

FIFA tomonidan yilning eng yaxshilari taqdirlanadigan The Best marosimi 2023-yilning 27-fevrali kuni bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish jarayonlariga 12-yanvardan start beriladi.

Marosimda erkaklar va ayollar futbolida eng yaxshi o‘yinchi, murabbiy hamda darvozabon aniqlanadi. Shuningdek, feyr-pley, eng chiroyli gol uchun Pushkash sovrini va eng yaxshi muxlislar uchun ajratilgan sovrin o‘z egalariga topshiriladi.

Yilning ramziy terma jamoasi aniqlanadi. Ovoz berish jarayonida 2021-yilning 8-avgustidan 2022-yilning 18-dekabriga qadar bo‘lgan davr inobatga olinadi.