«The Financial Times»da Oʼzbekistonning xususiylashtirish dasturiga bag’ishlangan maqola chop etildi

"The Financial Times" nashrida "Oʼzbekistonning xususiylashtirish dasturi - Mamlakatdagi eng yirik oʼgʼit ishlab chiqaruvchi korxona" mavzusida maqola chop etildi.

"2017-yildan boshlab Markaziy Osiyoning eng koʻp aholisi boʻlgan Oʻzbekistonda markazlashgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayoni boshlangan. Ushbu islohotlar boshlanganidan buyon O‘zbekiston kuchli iqtisodiy rivojlanishni namoyish etdi va bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan bozor hisoblanadi.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir muhim jihati davlat aktivlarini xususiylashtirishdir. Xususiylashtirishning hozirgi bosqichi avvalgisidan farqi shundaki, O‘zbekiston hukumati davlatning iqtisodiyotdagi rolini ataylab pasaytirmoqda. O‘tgan yili davlat aktivlari 2020-yilga nisbatan 8 barobar, o‘tgan to‘rt yilga nisbatan 3 barobar ko‘p xususiylashtirilgani, kelgusi yillarga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturi yanada ulug‘vor ekani, hukumatning qat’iyati yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik faoliyati uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara asosida olish imkoniyati yaratildi. “Shaffof va raqobatbardosh savdolar asosida, bu ularga yerdan moliyaviy aktiv sifatida foydalanish imkonini beradi.

Ushbu muvaffaqiyatni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2021-yilda davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, jumladan, mamlakatimiz kimyo sanoatini isloh qilish doirasida bir qator o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha rejalar qabul qilindi. Bu harakatlar eng jiddiy niyatlar bilan boshlangan – 2022-yil fevral oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mamlakatimizdagi eng yirik azotli o‘g‘itlar, defoliantlar va tsellyuloza atsetat ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan “Farg‘onaazot” AJni xususiylashtirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi”, deya qayd etiladi maqolada.