THE Impact Ranking 2022 reytingiga O‘zbekistonning 30 ta universiteti kiritildi

Joriy yilda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari orasida eng yuqori natijani Toshkent agrar universiteti qayd etdi.
Britaniyaning “Times Higher Education” nashri 2022-yil uchun “Times Higher Education Impact Ranking” natijalarini e'lon qildi.
Ushbu reytingdan ilk bor O‘zbekistonning 30 ta oliy ta’lim muassasasi o’rin oldi, deb xabar beradi Oliy ta’lim vazirligi.
Mazkur reytingda respublika oliy o‘quv yurtlari orasida eng yuqori natijani Toshkent agrar universiteti qo‘lga kiritdi (801-o‘rin). O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari orasida kuchli uchlikka Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘tgan yil yakuni bo‘yicha reyting yetakchisi) va Toshkent tibbiyot akademiyasi ham kiritildi.
Ma’lumot o’rnida: O‘tgan yilgi reytingda mamlakatimizning 10 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan. O‘shanda ro‘yxatga dunyoning 94 davlatidan mingga yaqin universitet kiritilgan bo‘lsa, joriy yilda dunyoning 110 davlatidan 1,5 mingdan ortiq universitetlar reytingdan o’rin olgan.
Reyting bo'yicha bu yilning eng yaxshi jahon universitetlari sifatida, Western Sidney University (Avstraliya), Arizona State University (Tempe) (AQSH) va Western University (Kanada) deya qayd etildi.






