Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari ilk bor stadiondan tashqarida oʻtkaziladi

Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi fransuz sanʼatining taniqli vakili Tomas Jollini ochilish va yopilish marosimlarining badiiy qismi uchun masʼul etib tayinladi.
Rejaga koʻra, marosimlar ilk bor stadiondan tashqarida, yaʼni Parijdan oqib oʻtadigan Sena daryosida oʻtkaziladi. Olimpiadalar tarixida oʻziga xos inqilob boʻladigan ushbu marosim 600 ming kishiga tadbirni bevosita daryo qirgʻoqlaridan tomosha qilish imkoniyatini taqdim etadi.






