Tibbiy maʼlumotnomalar elektron shaklda beriladi

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish belgilanmoqda.

Shuningdek, 2023-yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etishi ma’lum qilingan.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar:

    Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023-yil 1-iyuldan;
    Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023-yil 1-oktyabrdan;
    Respublikaning boshqa hududlarida – 2024-yil 1-yanvardan elektron shaklga oʻtkaziladi.

Shunga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlanadi. 2023-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladi.