Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin

"Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida ishlashi mumkin.

Bundan tashqari, “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.