Tik Tok yana taqiq ostida

CNN telekanali xabariga ko’ra, AQSH shtatlarining yarmidan ko‘pida davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan davlat qurilmalarida Xitoyning Tik Tok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqladi. Qator shtatlar, Tik Tokdan tashqari Xitoy bilan bog‘liq boshqa ilovalarni, jumladan, WeChat and AliPayni ham taqiqlamoqda.

"O‘ttiz bitta shtat Tik Tokdan davlat qurilmalarida foydalanishni chekladi, ularning to‘qqiztasi qo‘shimcha ilovalardan foydalanishni taqiqladi. Kamida to‘rtta shtat ham shunga o‘xshash taqiqni joriy qilgan", - deyiladi telekanal xabarida.

Shuningdek, telekanalning ma’lum qilishicha, AQSHda qariyb 100 million kishi foydalanayotgan mazkur ijtimoiy tarmoqni taqiqlash harakati butun mamlakatga tarqalgan. Taqiq respublikachilar rahbarlik qilayotgan shtatlarda ham, demokratlar rahbarlik qilayotgan shtatlarda ham birdek joriy qilingan.