Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir

1989-yilning 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risidagi Qonun O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.






