Tinch okeani mintaqasida yangi ittifoq tuzildi

Oq uy rasmiy saytidagi xabarga ko’ra, Tinch okeanida yangi alyans tuzilib, unga Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yangi Zelandiya aʼzo bo‘lgan.
Alyans Partners in the Blue Pacific (PBP) deb nomlangan.
"24-iyun kuni besh davlat yangi ko‘p tarmoqli mexanizmni— Partners in the Blue Pacific ishga tushirdi. Ushbu yangi tashabbus bizning mintaqaga bo‘lgan azaliy sadoqatimizni namoyish etadi”, – deyiladi bayonotda.
Tomonlar ushbu hamkorlikni ochiq, inklyuziv va norasmiy bo‘lib qolishini taʼkidlagan.






