TIV Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga sanksiya kiritishi haqidagi xabarga izoh berdi

Yevropa ittifoqi O'zbekistonga sanksiya kiritishi haqida Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy ma'lumot kelib tushmagan. Bu haqda TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burxonov Daryo.uz'ga xabar qiligan.
“Bizga birorta rasmiy ma’lumot kelib tushmadi. Shuning uchun hozircha bu borada biror narsa deya olmaymiz”, — dedi Ahror Burxonov.
Qayd etilishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Sanksiya kiritilishi haqidagi ma’lumot Yevropa Ittifoqining rasmiy sahifasida ham mavjud emas, bu hozircha tasdiqlanmagan xabar. Shuning uchun hali munosabat bildirolmaymiz”, — deb qo'shimcha qilgan u.
Eslatib o'tamiz, avvalroq biz xorijiy nashrning maxfiy hujjatga asoslanib bergan ma'lumotiga ko'ra Yevropa Ittifoqi O'zbekiston va boshqa Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o'tishga yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga savdo sanksiyalarini qo'llashi mumkinligini xabar qilgandik.
Shuningdek, kuni kecha YI'ning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan Bishkekdagi brifingda diplomatik muhokamalar uchun O'zbekistonga tashrif qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan.






