Tojikiston hududida 5,7 balli zilzila qayd etildi

9-mart kuni soat 07.36 da Tojikiston hududida zilzila qayd etildi, deya xabar beradi OAVlar. Zilzila epitsentri Tojikiston hududida Olmaotadan 598 km janubi-g'arbda joylashgan.

Zilzilaning energiya sinfi 11,7, MPV magnitudasi 5,7 ni tashkil etdi. MSK-64 shkalasi bo'yicha sezuvchanlik haqida ma'lumot yo'q.