Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yakuni va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik

19 avgust kuni AOKA da Tokio 2020 Olimpia o'yinlari sarhisobi va paralimpiya o'yinlari oldi harakatlarga oid matbuon anjumani bo'lib o'tdi.

Musobaqa davomida unutilmas quvonch taqdim qilgan g‘alabalar qatori alamli mag‘lubiyatlar ham bo‘ldi. Bu sport, unda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Asosiysi, atletlarimiz oxirgi kuchlarigacha kurashishdi, yurtimiz sha’nini mardlarcha himoya qilishdi. Bu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi.

20 avgust kuni XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun galdagi delegatsiyamiz Tokio shahriga yo‘l oladi. Ayni paytda ushbu Paralimpiya o‘yinlariga 55 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lganmiz. Qayd etish joiz, bu ham sportimiz tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ilk bor 8 sport turida 48 nafar sportchimiz 55 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishgan. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari 24 avgust – 5 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.