Tolibon Dohada Yevropa Ittifoqi bilan uchrashadi

Tolibon vakillari Dohada Yevroittifoq delegatsiyasi bilan muzokara olib boradi. Bu haqda OAV mamlakatda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaryotgan Amir Xon Muttakiga tayanib xabar bermoqda.

Afg‘oniston Yevropa mamlakatlaridan katta yordam so‘ramoqchi, o‘z navbatida Yevropa Afg‘onistonni inson huquqlarini buzayotganligiga butun dunyoni e'tiborini qaratmoqchi.

"Meni havotirga solayotgan narsa Afg‘oniston ayollar va qizlarga bergan vadasi ustidan chiqmayotgani. Bu millionlab ayollarning orzusini amalga oshishiga to‘sqinlik qilmoqda" degan edi BMY bosh kotibi Antoniu Gutterish.

Dam olish kunlari Tolibon AQSh bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Unda AQSh hukumati mamlakat gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligi ta'kidlangan edi.