Tolibon ilk bor rahbarlik lavozimiga ayol kishini tayinladi

Ma’lumotlarga ko’ra, “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyat qo‘lga kiritilganidan keyin ilk bor mamlakatda rahbarlik lavozimiga ayollar tayinlangani haqida e’lon qildi.
Muvaqqat Vazirlar Mahkamasi rahbarining buyrug‘iga ko‘ra, doktor Malalay Rahim butun mamlakatdagi yagona akusherlik va ginekologiya muassasasi bo‘lgan “Malalay” ixtisoslashtirilgan tug‘ruqxonasiga direktor etib tayinlandi. Oliy ta’lim vazirligi taklifi va muvaqqat hukumatdagi Bosh vazirning ma’qullashi bilan doktor Arian “Shahror” (ginekologiya) klinikasi direktori etib tayinlandi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tayinlovlar oldidan toliblarning qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan, ularda, xususan ayol vakillarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtiroki masalasi ko‘tarilgan.






