«Tolibon» Ramazon hayiti munosabati bilan 2460 nafar mahbusni ozod qildi

Tolibon oliy yetakchisi Haybatulloh Ohundzoda muqaddas Ramazon oyining tugashi va hayit bayrami munosabati bilan 2460 mahbusni ozod qilish haqida buyruq berdi. Bu haqda Afg‘oniston Oliy Sudi oʻzining Twitter sahifasida e’lon qildi.

“Mo‘minlarning oliy rahnamosining ko‘rsatmasi va Oliy sudyaning buyrug‘i bilan amnistiya bo‘yicha mamlakatdagi barcha qamoqxonalardan 2460 nafar mahkum ozod etiladi”,— deyiladi tvitda.

Farmonda, shuningdek, yana 471 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish muddati ham qisqartirilishi belgilab qoʻyilgan.