Tolibon universitetlarni qayta ochishga ruxsat berdi

Afg‘onistonning Tolibon qo‘l ostidagi Oliy ta’lim vaziri Abdul Boqiy Haqqoniy Afg‘onistondagi universitetlarda darslar qayta boshlanganini ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, issiq iqlimi boʻlgan viloyatlarda oʻquvchilarga 2022-yil 2-fevraldan boshlab, sovuq iqlimi boʻlgan hududlarda esa oʻquv jarayoni 26-fevraldan qayta boshlanadi.

Har bir universitetda yangi semestr oldidan imtihonlar o‘tkaziladi. Qizlarning darsga kirishiga ruxsat berilishi haqida aniq rasmiy ma’limot berilmadi.
Afg‘oniston universitetlari va maktablarida darslar 2021-yil avgust oyi oxirida mamlakatda hokimiyat Tolibon tomonidan qo‘lga kiritilganidan keyin to‘xtatilgan edi.

Sentabr oyining o'rtalarida kichik maktablar qayta ochildi, lekin faqat o'g'il bolalar va erkak o'qituvchilarga kirishga ruxsat berildi. Keyinchalik, Tolibon qizlarni maktablarga qaytarishga va'da bergan, ammo buning uchun maktablarda alohida sinflar ajratilishi kerak.