Top 10 biznesmenlar ro’yxati o’zgardi

AQSHning “Forbes” jurnali dunyoning eng boy 400 biznesmenlari ro’yxatini e'lon qildi. Unga ko’ra endilikda top 10 talikni Ilon Mask boshqarib turadi.

Maskning boyligi o’tgan yilgi mablag’idan 32%ga ya'ni 60,5 milliard AQSH dollar ko’proq va uning boyligi 251 milliard AQSH dollari etib baholangan.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask top 10 talikni 4 yil boshqarib turgan Jeff Bezos(Amazon)ni bir pog’ona pastlatgan. Uchinchi va to’rtinchi o’rinlarda Bill Geyts va Larri Ellisonlar bo’lishsa, kuchli beshlikni Uorren Baffet yakunlaydi.
Ushbu top 10 reytingini “Walmart” kompaniyasi asoschisi Jim Uolton tugatib beradi.

Dunyoning eng boy 10 ta odami:

Ilon Mask - “Tesla”, “SpaceX” - $251 mlrd.
Jeff Bezos - “Amazon” - $151 mlrd.
Bill Geyts - “Microsoft” - $106 mlrd.
Larri Ellison - “Oracle” - $101 mlrd.
Uorren Baffet - “Berkshire Hathaway” - $97 mlrd.
Larri Peyj - “Google” - $93 mlrd.
Sergey Brin - “Google” - $89 mlrd.
Stiv Ballmer - “Microsoft” - $83 mlrd.
Maykl Blumberg - “Bloomberg LP” - $76,8 mlrd.
Jim Uolton - “Walmart” - $57,9 mlrd.