To'qimachilik mahsulotlari eksportini 142 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

 

Forum "O'ztekstilprom" Uyushmasi tomonidan GIZ bilan hamkorlikda, O'zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi va Eksportni rivojlantirish agentligi ko'magida tashkil etildi.

2020 yil yakunlariga ko'ra eksport qilingan mahsulotlar 74 million dollarni tashkil etdi. O'zbek to'qimachilik mahsulotlariga nisbatan umumiy imtiyozlar tizimining (GSP +) qo'llanilishi bilan 2021 yilda eksport hajmi 142,1 million dollarga, 2022 yilga kelib 242,2 million dollarga ko'payishi kutilmoqda.