To'qqiz davlat rahbarlariga «klub uzuklari» berildi

Sankt-Peterburgdagi sammitda MDH mamlakatlari prezidentlariga yangi yil tabriklari va Hamdo'stlik ramzlari tushirilgan uzuklar berildi.

G'ayrioddiy uzuk birinchi bo'lib Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoda ko'rinish berdi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, sammitda ishtirok etgan Hamdo'stlikka a'zo davlatlarning barcha rahbarlari "yangi yilingiz bilan" yozuvi bilan bir xil uzuklarni qabul qilib olishgan.