To'rt nafar fuqaroga O'zbekiston qahramoni unvoni berildi

24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti "O'zbekiston qahramoni" unvonini berish to'g'risidagi farmonni imzoladi.

"O'zbekiston qahramoni" unvoni oliy nishon – "Oltin yulduz" medali bilan taqdirlanadi:
Axmedov Muxamad Ismatovich - Buxoro tumanidagi "Madaniyat Muhammad Ismat" fermer xo'jaligi boshlig'i, Buxoro viloyati;
• Ayupov Shavkat Abdullayevich - O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi matematika instituti direktori;
• Gafurov Ibrohim Usmanovich - O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, adabiyotshunos olim;
• Yo'lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna - O'zbekiston davlat konservatoriyasining an'anaviy ijrochilik kafedrasi mudiri.

Hujjatda qayd etilganidek, mukofot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, uning xalqaro nufuzini oshirish, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz turmush farovonligini ta'minlash, keyingi yillarda yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil va tub islohotlar jarayonida tashabbuskorlik, davlat va xalq farovonligi yo'lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma'naviy sohalarda ko'p yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etilganliklari qayd etildi.