Toshkent aeroportida yo'lovchilarni kutib olishga mo'jallangan zonalar yaratiladi

“Uzbekistan Airports” Toshkent xalqaro aeroportining avtoturargohlarida va kelish terminalida (ayvonli) kutib oladiganlar uchun ikkita zona barpo etilishini e’lon qiladi.

Yo‘lovchilar oqimining jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani munosabati bilan, yaqinlari va do‘stlari bilan uchrashish uchun kelganlar uchun qabul terminalida ajratilgan hudud yetarli bo‘lmay qoldi.

“14-yanvardan boshlab noodatiy sovuq tufayli respublika aeroportlari binosiga odamlarni kutib olish kiritishga ruxsat oldi. Yuqorida aytganimdek, 2018-yilda qurilgan qabul qilish zali xalqaro standartlarga javob bermaydi, shunchaki kutib olish uchun joy ajratilmaydi. Bir necha kun ichida biz bojxona zonasini kutib olish zonasidan ajratish uchun oynavand to'siqlar o'rnatdik. 400 kvadrat metr maydon har kuni aeroportga kimnidir kutib olishga kelganlar uchun juda kam bo'lib chiqdi. Olamonning ko'pligi kutib oluvchilar uchun ham, "jonli" yo'lakdan o'tishga majbur bo'lgan yo'lovchilar uchun ham noqulaylik tug'dirdi. Yo‘lovchilardan shikoyatlar, xavfsizlik xizmatidan shikoyatlar kelib tushdi. Shu vaqt davomida biz kutib oluvchilar uchun yangi hudud loyihasi ustida ishladik. Ammo, endi birgina bino ham vaziyatni o'nglashga yordam bermasligini anglab yetdik”, — dedi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Taxminan, mart oyining oxiriga qadar umumiy maydoni qariyb 1400 kv.m bo'lgan ikkita shunday zona quriladi - biri mavjud ayvon o'rniga, ikkinchisi - ketish va kelish oralig'idagi P2 avtoturargohida. Yaqin kunlarda hovlida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.