Toshkent aeroportidagi P1 avtoturargohi avtomatlashtirishning ikkinchi bosqichida

O‘tgan yilning noyabr oyi oxirida ishga tushirilgan “Toshkent” xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali oldidagi “P1” avtoturargohi test rejimida qog‘oz talonlaridan voz kechmoqda.

“Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabariga ko’ra, avtoturargohga kirish va chiqish faqat avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Agar raqam belgisini aniqlash iloji bo’lmasa, tizim abtomobilni to'xtash joyiga kirgazmasligi mumkin.

Avtoturargohdan chiqishda tizim yana avtomobilning davlat raqamini aniqlaydi va uni avtoturargohga kirish vaqtida aniqlangan raqam bilan taqqoslaydi. Raqamlar mos kelsa va to'xtash joyi uchun to'lov amalga oshitilgan bo’lsa, tizim mashinani chiqarib yuboradi. Ilgari raqamlari noma’lum bo‘lgan avtomashina haydovchilariga qog‘oz talon olish taklif etilar edi.

To'lov, avvalgidek, parkomatlar orqali amalga oshiriladi. Agar ilgari qog'oz chiptadan foydalanish mumkin bo'lgan bo'lsa, endi raqam parkometrga kiritiladi va istalgan usulda to'lov amalga oshiriladi.