Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda

1-maydan boshlab jamoat transportida yangi tariflar joriy etiladi. Shuningdek 6000 soʼm evaziga kun davomida avtobus va Metroda harakatlanish mumkin bo’ladi.
24-fevral kuni AOKAda o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoat transportining jozibadorligini ta’minlash, yo‘nalishlarda barqaror harakat tezligini ta’minlash, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida vaqtga briktirilgan differensial tarif rejalari may oyidan joriy etilishi ma'lum qilindi.
Bunda:
bir martalik to‘lov, agar naqd bo‘lsa, 2000 so‘m, elektron to‘lovda esa 1800 so‘m, transport kartasi orqali to'lovda 1600 so'm bo‘lishi rejalashtirilmoqda;
bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;
ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;
avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.
Shu bilan birga, jamoat transportidan kunlik faol foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar (6 ming so‘m) joriy etiladi.
Bundan tashqari 5, 10, 15, 20 kunlik hamda 1 oylik qisqa muddatli tariflar (avtobus, avtobus+metro) joriy etilishi ko'zda tutilgan.






