Toshkent qanday qilib poytaxtga aylandi?

1930-yil 17-avgustda Oʻzbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga koʻchirildi.
Ma’lumki, Rossiyada 1917-yilgi Oktabr inqilobidan keyin Toshkent Turkiston ASSR poytaxti deb e’lon qilindi.
Keyinchalik, O‘zbekiston SSR tashkil topish davrida yangi sovet respublikasining poytaxtini tanlash masalasi qizg‘in muhokama qilindi. 1924-yil oktabrda milliy-hududiy chegaralash natijasida Oʻzbekiston SSR tuzilgandan soʻng, Buxoro rasmiy va shartli poytaxt boʻlgan.
1925-yil fevral oyida Buxoro Oʻzbekiston SSR poytaxti boʻldi, biroq oʻsha yilning may oyidayoq poytaxt rasman Samarqandga koʻchirildi va bu shahar 1930-yilning avgustigacha poytaxt maqomiga ega boʻldi.
1930-yil 17-avgustda Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahriga koʻchirildi, bu shahar hozirgacha hududi va aholisi boʻyicha Oʻrta Osiyoning eng yirik shahri hisoblanadi.
1966-yilda zilzila ro‘y berdi, u bizning hududimizdagi eng yirik Toshkent zilzilasi sifatida tarixga kiritildi. Zilzila natijasida Toshkentning markaziy qismi deyarli butunlay vayron bo‘lgan. Shaharni keng ko'lamli rekonstruktsiya qilish amalga oshirildi, unga butun sobiq Sovet Ittifoqi qo'shildi. Buning sharofati bilan shahar 3,5 yil ichida tiklandi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri va MDH davlatlarining eng yirik shaharlaridan biri hisoblanadi. 2009-yilda poytaxtimizning 2200 yilligi nishonlandi. Toshkentda 3 millionga yaqin turli millat vakillari istiqomat qiladi.






