Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tibbiy sugʻurta joriy etiladi

Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 2023-yilda qaysi hududlarda tibbiy sugʻurta joriy etilishi haqida ma'lumot berdi.

"Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼkidlanganidek, 2023-yildan boshlab, Davlat tibbiy sugʻurta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz oʻzimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sugʻurtani yoʻlga qoʻyamiz", - deya qayd etdi vazir.

Vazirning ta’kidlashicha buning uchun:

    bir oy muddatda tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish boʻyicha qaror ishlab chiqiladi;
    Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga 30 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi;
    Poytaxtda 2023-yil 1-iyuldan tibbiy sugʻurta tizimi mexanizmlari joriy etiladi.

Bunda:

    tibbiyot muassasalari toʻliq raqamlashtiriladi;
    har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq maʼlumotga ega boʻladi.