Toshkent shahrida yangi tezlik cheklovlari o'rnatildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 71-sessiyasida kichik halqa yo'li ichidagi ko'chalarda avtomobillar tezligini 60 km/soatgacha, Markaziy ko'chalarda esa 50 km/soatgacha kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Xususan, kichik halqa yo'li ichidagi ko'chalarda transport vositalarining tezligi soatiga 60 km bilan cheklanadi.
Bundan tashqari, quyidagi ko'chalarda tezlik soatiga 50 km gacha cheklanadi:
Alisher Navoiy; Maxtumkuli;
Amir Temur; Kichik halqa yo'li;
Islom Karimov; Taras Shevchenko;
Bobur; Furkat;
* Amir Temur prospektidagi aylanma harakat.
Ta'kidlash joizki, kelgusida Toshkentning boshqa ko'chalarida ham tezlikni pasaytirish masalalari ko'rib chiqiladi.






