Toshkent tibbiyot akademiyasi Janubiy Koreyaning 5 million dollarlik grant lohiyasini qo‘lga kiritdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) o‘rtasida 5 million dollarlik shartnoma loyihasi imzolandi.
Grant 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, dunyoning tibbiyot markazlaridan yetakchi tibbiyot mutaxassislarini jalb etish orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining taʼlim va pedagogik salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Unda Akademiya xodimlarining ushbu markazlarda amaliyot o‘tashi va zarur tibbiy asbob-uskunalar xarid qilinishi ham ko‘zda tutilgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonovning taʼkidlashicha, KOFIH va Akademiya o‘rtasidagi ushbu hamkorlik boshqa qo‘shma loyihalarda ham davom ettiriladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi xorijiy davlatlar bilan 66 hamkorlik shartnomasiga ega bo‘lsa, ulardan 9 tasi Janubiy Koreyaning Yonsey, Jangan, Aju universitetlari, Seul Milliy universiteti qoshidagi Bundan klinikasi, ASAN tibbiyot markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan birgalikda «Hanjin Information Systems & Telecommunication», «U-SHIN C&C», «HeSel Inc» kompaniyalari, Xvasun Cheongnam Milliy universiteti kasalxonasi, «Korea Corporation Mesh Nown» kompaniyasi hamda KOICA bilan imzolangan.






