Toshkent transport kartalariga o'tmoqda.

Poytaxtdagi jamoat transporti yo'lovchilari, ushbu transportlarda avtomatlashtirilgan to'lov tizimiga tobora ko'proq o'rganib bormoqda. Bugungi kunga qadar 282 mingdan ortiq kartalar allaqachon sotilgan.

 ATTO kompaniyasi ma'lumotlariga binoan so'nggi oylarda transport kartalaridan foydalanish sezilarli darajada oshgan. 
2021 yil 1 mart holatiga ko'ra 282 198 ta transport kartalari sotilgan.  

Yanvar oyida umumiy transport kartalari yordamida 3 189 892 ta qatnov amalga oshirilgan bo'lsa, fevral oyida bu ko'rsatkich 15 foizga o'sdi va 3 750 172 ta qatnovni tashkil etdi. Umuman olganda, joriy yilning dastlabki ikki oyida 6 milliondan ortiq qatnovlar qayd etilgan bo'lib, shundan yaqin 3 millionta qatnov avtobuslarda va 4 milliondan ortig'i metroda bo'lgan.

Fevral oyida poytaxt jamoat transportida (avtobus va metro) transport kartalari, bank kartalari va tarif kartalari orqali kunlik o'rtacha qatnovlar soni 331 240 tani tashkil etdi, shundan:
transport kartalari - kuniga 155 360 ta qatnov (metropolitendagi 94770 ta va avtobuslarda 60590 ta).

Tariflar (imtiyozli va umumiy) - kuniga 153 200 ta qatnov (metroda 35760 va avtobuslarda 117.440).

Bank kartalari - kuniga 22680 ta qatnovlar (metroda 15890 va avtobuslarda 6790 ta).