Toshkent «Uyushgan xalqaro moliya markazi» maqomini oldi

Buyuk Britaniyaning “Z/Yen” xalqaro tahlil markazi Xalqaro moliya markazlari global indeksi (GFCI) reytingini e’lon qildi. Reytingga jami 119 ta shahar kiritilgan bo’ib, yana 9 ta shaharga “Uyushgan xalqaro moliya markazi” maqomi berilhan.
Shuningdek, Toshkent shahri ham Xalqaro moliya markazlari global indeksiga (GFCI) “Uyushgan xalqaro moliya markazi” maqomi bilan kiritildi. Bundan tashqari indeksdan, Mayami, Karachi, Kaunas kabi shaharlar ham o’rin olgan.
Ma’lumot o’rnida, “GFCI” reytingi dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 128 ta xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini baholaydi. Xalqaro moliya markazlari global indeksi (GFCI) reytingini tayyorlash doirasidagi intervyu-baholash ishlarida turli moliya markazlarining 11 mingdan ortiq vakillari ishtirok etgan.
Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati — “Z/Yen Group” 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatlaridan 5 mingta xalqaro korporatsiyalarni o‘z ichiga oladi.






