Toshkent viloyatida yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish jarayoni o‘rganildi

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi B.Sayfullayev boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent viloyatida yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish jarayoni o‘rganildi.
Senat 2020-yil 20-noyabrdagi aholini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Toshkent viloyatini o‘rganishdan asosiy maqsad ushbu qarorning viloyatda ijro etilish holatini tahlil qilish, bu borada bajarilgan ishlarni bevosita joylarga chiqib ko‘rishdan iborat.
Viloyatning Zangiota, Yangi yo‘l, Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi sport inshootlari va muassalalari faoliyati Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Ishchi guruhi tomonidan mas’ul vazirlik va idora vakillariga, Toshkent viloyati tuman va shahar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlariga o‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.






