Toshkent xalqaro aeroportida terminalga kirish 31-iyulga qadar to’xtatiladi

"Uzbekistan airports" yo’lovchilarga murojaat qildi. Qayd etilishicha, terminalga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bunga sabab ziyoratchilarning Hajga jo‘nab ketishi va qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani aytilgan.

Ushbu cheklovlar joriy yilning 31-iyuliga qadar amal qiladi. Ammo estakadaga chiqish avtomobillar va avtobuslar uchun ochiq ekanligi aytildi.