Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Xalqaro kongress markazida Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq soʼzlaydi.
Forum doirasida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʼtkazishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Prezident Surxondaryo viloyati Аngor tumanida quvvati 1560 megavattli yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.






