Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi Bright Uzbekistan nigohida

 
Xabaringiz bor, 24-26 mart kunlari poytaxtimizda yirik investitsion forum tashkil etildi va unda Bright Uzbekistan jamoasi faol ishtirok etib barcha tadbirlarni muntazam yoritib bordi.
 
Forumning ochilish kunida muxtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so'zga chiqdilar va ishtirokchilarini qutlab, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohot va yangilanishlar to‘g‘risida so‘zladilar hamda yurtimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdilar.
 
Davlatimiz rahbari investorlar uchun eng qulay va jozibador sharoitlarni yaratish, xorijiy hamkor va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni har tomonlama mustahkamlash borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilishini ta’kidladi.
 
Shuningdek forum kunlari davomida yashil energetika, iqtisodiyotni raqamlashtirish, ta'lim, induestriya rivoji mavzularida qator plenar sessiyalar, panel munozaralar va davra suhbatlari tashkil etildi.
 
Forumning ikkinchi kuni yakunida esa Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida O‘zbekiston bo‘yicha Mamlakat platformasi yig‘ilishi bo‘lib o'tdi. Tadbir yakunida qator moliyaviy institutlar bilan shartnomalar imzolandi. Jumladan, umumiy qiymati 617 million dollarlik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 6 ta, 160 million dollarlik 2 ta mandat xati, konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2ta shartnoma imzolandi.
 
Tadbirlar davomida Bright Uzbekistan rahbariyati bir qancha mutasaddilar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan suhbat qildi. Ularning ushbu forumdan taasurotlari bilan tanishar ekanmiz, yurtimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy salohiyati yangi darajaga ko'tarilayotganidan mamnun bo'ldik.