Toshkent Yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostida zamonaviy avtoturargohlar tashkil etiladi

Toshkent shahar Yashnobod tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 o‘rinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 o‘rinli yettita avtoturargoh, jami 2700 o‘rinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu islohotlar Prezidentning 2022-yil 8-iyuldagi “Toshkent shahar jamoat transporti samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-313-sonli qarorida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, qayd etilgan rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirilishi natijasida umumiy hisobda 1700 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.