
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ QKning ustav kapitalidagi 55,96% davlat ulushi birja savdolariga chiqarildi.
Aksiyalar soni - 4 436 581 dona (oddiy aksiya);
Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 24 225,59 so‘m;
Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 107 478 792 307,79 so‘m;
Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;
Lotlar soni – 1 ta;
Davlat aksiya paketi “Toshkent” RFBning Davlat aksiyalari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish maxsus platformasi orqali savdoga qo‘yildi. Auksion g‘olibi bilan Fond birjasining Nego Board muzokarali auksion bo‘limida bitim amalga oshiriladi.






