Toshkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri oʻtkaziladi

Joriy yilning 28-aprel kuni dunyoda 1995-yildan beri oʻtkazib kelinadigan “Avtomobilsiz kun” tadbiri Toshkent shahrida ham boʻlib oʻtadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Bu tadbirning ahamiyati beqiyos – bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir”, deyiladi xabarda.
Hokimlikka koʻra, ushbu kun doirasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishni kamaytirish, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanishning hamda piyoda yurishning afzalliklarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etiladi.






