Toshkentda birinchi marotaba Xalqaro Plas-Forum tashkil etildi

Joriy yilning 1 iyun kuni Toshkentda "Banklar va chakana savdo: Raqamli transformatsiya va hamkorlik" mavzusida xalqaro Plas-Forum bo'lib o'tdi.

Forum rasmiy tarzda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi savdo vakolatxonasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

O'zbekiston Respublikasida ilk bor tashkil etilgan forum maydonida bank sohasidagi mutaxassislar, yirik davlat va xalqaro xususiy korporatsiyalar, O'zbekistonning yetakchi banklari rahbarlari, MDH mamlakatlari top-menejerlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Chakana savdo, telekommunikatsiya, tadqiqot, konsalting kompaniyalari, Yevroosiyo qit'asining bank hamjamiyati (O'zbekiston, MDH va EAEC banklari va MFI), shuningdek, texnologik va ishlab chiqarish kompaniyalari, banklar va to'lov sanoati yetakchi mutaxassislari tomonidan milliy to'lov tizimini rivojlantirish, Markaziy banklarning raqamli valyutalar istiqbollarini (CBDC), tijorat chakana, bank kiber bardoshlilik va boshqa ko'plab dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

"Banklar va chakana savdo: raqamli transformatsiya va hamkorlik" Plas-forumini tashkil etishning eng muhim maqsadi - ushbu sohalarda tajriba almashish uchun professional maydon yaratish, shuningdek, yangi texnologiyalarni namoyish etish va joriy etish, moliya, bank va chakana savdo sohasida innovatsion yechimlarni rivojlantirish va ilgari surishlardan iboratdir.

Mazkur forum davomida konferensiya, davra suhbatlari va zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.